Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi
|
|
Kafedra mudiri Xamrakulov Zohidbek Abdusamadovich Qabul vaqti: Dushanba-shanba (11:00 - 12:00) Telefon:+99893 736-00-06 |
KAFEDRA TARIXI
1993 – yil “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi qoshida “Yog` va moylar texnologiyasi” va “Konservalash texnologiyasi” yo‘nalishlari ochilgan. 1999 yili “Yog` va moylar texnologiyasi” kafedrasi tashkil etilgan. Kafedraga 1999-2000 yillarda dotsent O.O.Obloyorov, 2000-2001 yillarda professor S.E.Egamberdiyev, 2001-2007 yillarda dotsent U.Raxmatov mudirlik qilgan.
Kafedrada dotsentlardan N.Jabborov, K.To‘ychiyev, M.Xolmatov, O.Obloyorov o`qituvchilardan A.Matkarimov, I.Teshaboyev va D.Mirzayevlar faoliyat yuritgan. Kafedra dotsenti N.Jabborov uzoq yillar mobaynida olib brogan samarali o`quv –tarbiyaviy va ilmiy ishlar faoliyati e’tiborga olinib, “FarPI da xizmat ko‘rsatgan dotsent” va “FarPI da xizmat ko‘rsatgan murabbiy” faxriy unvonlariga sazovor bo‘lgan. Kafedra dotsentlari K.To‘ychiyev va M.Xolmatovlar “Shuhrat” medali bilan taqdirlanganlar.
2005 yili kafedra “Umumiy kimyo” kafedrasi bilan birlashtirilib, “Oziq-ovqat texnologiyasi” nomi bilan yuritila boshladi.

Kafedraga 2007-2009 yillarda t.f.n. I.G.Mamirov, 2009-2015 yillarda dotsent A.A.Namozov, 2015-2015 yillarda dotsent B.S.Usmanov, 2015-2017 yillarda dotsent D.M.Xoldarov, 2017-2018 yillarda dotsent M.Akbarova, 2018 yil sentyabr oyida “Umumiy kimyo” kaferdasi “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasidan ajralib chiqqandan so‘ng 2015-2015 yillarda kafedraga dotsent B.S.Usmanov mudirlik qilgan.
2024 yil aprel oyidan “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasida (DSc) Xamrakulov Zohidbek Abdusamadovich raxbarlik qilib kelmoqda.
BAKALAVRIAT
MAGISTRATURA
KAFEDRADA O‘QITILADIGAN FANLAR:
Bakalavriat:
Magistratura:
KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI:
KAFEDRA FAOLIYAT OLIB BORUVCHI O‘RINDOSH
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR:
KAFEDRANING ILMIY USLUBIY ISHLARI:
Kafedrada professor-o‘qituvchilari tomonidan barcha fanlardan ta’lim texnologiyalari bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar, amaliy, laboratoriya, malakaviy amaliyot, kurs loyihasi va bitiruv malakaviy ishlarni bajarish uchun uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar yaratilgan. Shu kunga qadar 20 dan ortiq o‘quv qo‘llanma, 30 dan ortiq monogarafiya, 200 dan ortiq ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar chop etilgan, 5 ta ixtiro uchun patentlar olingan.
2018 yilda Nurmuhammedov X.S., Usmanov B.S. va boshqalar tomonidan “Иссиқлик алмашиниш қурилмаларини хисоблаш ва лойиҳалаш” nomli oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanmasi nashrdan chiqdi.
Kaferda professor-o‘qituvchilaridan D.Shodiyev “Amarant doni asosida sportchilar uchun oqsilga boy ozuqaviy qo‘shimcha olish texnologiyasini yaratish” Najmitdinova G.K. “Dorivor o‘simliklardan qandli diabet profilaktikasi uchun shifobaxsh ichimliklar tayyorlash texnologiyasini joriy etish”, Buranova D.Y. “Noananaviy o‘simliklardan bioyoqilg‘i olish texnologiyasini takomillashtirsh”, Abrolov A.A. “Don maxsulotlarining ozuqaviy va funksional xususiyatlariga fizik va biologik jaryonlar ta'irini o‘rganish” mavzusida ilmiy ishlarini olib bormoqdalar.
KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARINING MUALLIFLIK GUVOHNOMASI VA PATENTI:
KAFEDRADA BAJARILAYOTGAN DAVLAT VA CHET EL GRANTLARI (FUNDAMENTAL, AMALIY VA INNOVATSION LOYIHALAR), XO‘JALIK SHARTNOMALARI RO‘YXATI
Muxamedov M., Mamatqulov M. va kafedra a’zolari “Tajriba va fermer xo‘jaliklari sharoitida baliqlarni ko‘paytirish,yetishtirish va qayta ishlashning modifikatsiyalangan intensiv uslublarin ishlab chiqish” loyixa ustida ish olib bormoqdalar.
Usmanov B.S., Mamatqulov M.X “Tabiiy xolatdagi meva va sabzavot sharbatini olish uchun SHQM-18 qurilmasining xarakatdagi namunasini ishlab chiqish” mavzusidagi loyixa ustida ish olib bormoqdalar.