Kimyo va Kimyoviy texnologiya kafedrasi

  “Kimyo va Kimyoviy texnologiya” kafedrasi 2022 yilgacha “Kimyoviy texnologiya” nomi bilan yuritilgan. Kafedra 1981 yili “Noorganik moddalar texnologiyasi” nomi bilan tashkil topdi va “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha muxandis - kimyogar texnologlar tayyorlagan. 1999 yilda kafedra qoshida M522703 “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” va M522710 “Mineral o‘g’itlar va tuzlar kimyoviy texnologiyasi” mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura bosqichi tashkil etilgan. 2011 yili 5111000-“Kasb ta'limi” (Kimyoviy texnologiya) bakalabr ta’lim yo‘nalishi, 2016 yili kafedra negzida 5321300-“Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” yo‘nalishi ochildi. 2022 yil Umumiy kimyo kafedrasi kafedraga qo‘shilgandan so‘ng kafedra “Kimyo va Kimyoviy texnologiya” nomi bilan faoliyat yuritmoqda.

       Xozirda kafedrada 60710100-“Kimyoviy texnologiya”, 60710200-“Biotexnologiya” bakalavr yo‘nalishlari, 60710100-“Kimyoviy texnologiya” sirtqi ta'limi bo‘yicha va 70710101-“Kimyoviy texnologiya” magistratura mutaxasisliklari bo‘yicha saloxiyatli professor-o‘qituvchilar talabalarga umumkasbiy va ixtisoslikka yo‘naltirilgan fanlar bo‘yicha bilim berib kelishmoqda.

     Kafedra faoliyati kimyo texnologiya sohasida “Kimyoviy texnologiya” va "Biotexnologiya" yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr muxandis-kimyogar texnolog kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga institut bo‘yicha “Umumiy va noorganik kimyo” fanidan barcha talabalarga bilim berib kelishmoqda. Hozirda kafedrada zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida ilg’or o‘qitish usullarini keng foydalanilgan xolda darslar olib borilmoqda.

        Kafedraga 2000-2001, 2007-2009  yillarda k.f.n., dots. S.R.Mirsalimova, 2002-2004 yillarda t.f.n., I.G’.Mamirov, 2004-2007, 2009-2013 yillarda t.f.n., dots. B.S.Usmonov, 2013-2016 yillarda t.f.d. Sh.Sh.Xamdamova, 2016-2020 yillarda t.f.n. O.K.Raxmonov, 2020-2022 yillarda k.f.n. dots. S.R.Mirsalimova rahbarlik qilgan. 2022 yildan boshlab t.f.n. dots. O.K.Raxmonov kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.

          Kafedrada fan va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sohasiga katta e'tibor berilgan bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining “Umumiy noorganik kimyo” instituti olimlari bilan hamkorligida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.  2018 yilda Xamdamova Sh.Sh. (DSc) bo‘yicha, 2019 yili Oriqova S.S. (PhD),   Yo‘lbarsova M. (PhD), 2021 yilda Tojiev R.R. (DSc), Xoshimov A.A. (PhD), 2022 yilda Ergashev D.A. (DSc) bo‘yicha, Karabaeva M.I. (PhD), bo‘yicha, Tursunov A'zam Salimjon o‘g‘li (PhD), bo‘yicha,  2023 yili Mirzaeyv N.A. (PhD), doktorlik ishlarini O‘zFA Umumiy va noorganik kimyo institutida va 2019 yili Eminov Sh.O. (PhD) bo‘yicha doktorlik ishini Islom Karimov nomidagi TDTU “Fan va taraqqiyot” DUKda, 2023 yili Davlyatova Z.M. (PhD), bo‘yicha doktorlik ishini TKTI da muvoffaqiyatli ximoya qilishdi.

Kafedrada bugungi kunda O‘zRFA Umumiy va noorganik kimyo institutida, Mamataliyv N., Xoshimov Sh., Xoshimov I., Qurbonov J., FarPI doktoranturasida MIrzaolimov A., Tojimamatova M., Sobirov M., Bozorov A., Ubaedullayva S.lar ilmiy tadqiqot faoliyatlarini olib borishmoqda.

Kafedrada “Farg‘onaazot” AJ va “FNQIZ” bilan xamkorlikda Kafedra filiali tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda talabalar nazariy olgan bilimlarini amaliy mustaxkamlab bormoqdalar. Filialdagi muammolarga asoslangan xolda magistrlik dissertasiyalari, bitiruv malakaviy ishlari hamda kurs loyixalari mavzulari tuzilgan. “Farg’onaazot” AJ bilan xamkorlikda “Научное исследование и разработка эффективних дефолируюших составов и опитно-промишленное освоение технологии их производства для практического применения при дефолиатсии хлопчатника” mavzusida 90 mln. so‘mlik xo‘jalik shartnomasi tuzilgan. Xozirda bu bo‘yicha ish olib borilmoqda. Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlashga aloxida axamiyat berilmoqda. Kafedrada olib borilayotgan xo‘jalik shartnomalari asosidagi ITIga iqtidorli talabalar va magistrlar jalb etilgan. Kafedrada faoliyat yuritayotgan “Yosh kimyogar texnologlar” va “Kimyogar” to‘garagida yo‘nalishning 100 dan ortiq talabalari ishtirok etmoqdalar.

Shu bilan birga kafedrada so'nngi 3 yilda S.R.Mirsalimova, M.A.No'monov, D.A.Ergashev muallifligida “Ishlab chiqarish ta'limi metodikasi” darslik, R.T.Mamajonova “Kimyo” darslik tarjimasi, X.M.Polvonov “Energotexnologiya” darslik, D.T.Kodirova, SH.SH.Hamdamova, S.R.Mirsalimova, S.S.Ortikova muallifligida “Sodali mahsulotlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblari” o'quv qollanma, R.T.Mamajonova “Umumiy kimyo” o'quv qollanma, A.A.Xaydarov “Kimyo” o'quv qollanma, M.Y.Tojimamatova “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” o'quv qollanma, X.M.Polvonov “Mineral o’g’itlar texnologiyasi” o'quv qollanma, Qodirova D.T., Tuxtaev S., Xamdamova Sh.Sh., Mirsalimova S.R. muallifligida "Bog‘langan azot ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik xisoblari" o'quv qollanmalari vas hu bilan birga SH.O.Eminov “Применение антиэлектростатических полимерных композиционных материалов в машинах для переработки хлопка” mavzusida, O.K.Raxmonov, R.A.Anorov, S.A.Abduraximov “Интенсификация процесса контактной очистки парафинов на глинистых адсорбентах с наложением ультразвука mavzusida, A.M.Hurmamatov, D.A.Ergashev, N.A.Mirzaev “Havoni changlardan chuqur tozalash texnologiyasi” mavzusida, M.I.Karabayeva,  S.R.Mirsalimova, D.S.Salixonova “O’simlik chiqindilari asosida adsorbentlar ishlab chiqarish va ular asosida sanoat chiqindi suvlarini tozalashda foydalanish bo’yicha tadqiqotlar” mavzusida, Omonboyeva G.B “Navbahor dolonitini xlorid kislotada parchalab xlorat kalsiy magniyli defoliant olish” mavzusidagi monografiyalari chop etilgan.