KIMYO-TEXNOLOGIYA FAKULTETI
|
|
Kimyo-texnologiya fakulteti dekani Mirzaqulov Gʻulomqodir Raxmatulloyevich Qabul vaqti: Dushanba-shanba (09:00 - 12:00) Telefon: +998 91 396 96 21 E-mail: g.mirzaqulov@ferpi.uz |
FAKULTET HAQIDA MA’LUMOT
1993-yilda Farg‘ona viloyati hududidagi korxonalarda mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ortishi munosabati bilan “Noorganik moddalar texnologiyasi” va “Sanoat ekologiyasi” mutaxassisliklari bilan yangi Kimyo-texnologiya fakulteti tashkil etildi hamda «Konservalash texnologiyasi» va «Yog‘-moy texnologiyasi» mutaxassisliklari bo‘yicha ham kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
1994-yilda «Kimyo-texnologiyasi va biotexnologiya», 2001-yildan boshlab «Oziq-ovqat texnologiyasi» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga kirishildi. Shuningdek, 2016-yildan “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” hamda 2017-yilda “Kasb ta’limi (Kimyoviy-texnologiya 2023 –yilda 60721000 - Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi va 60710200- Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlariga talabalar qabul qilindi.
Hozirgi kunda Farg’ona shahrining yirik sanoat korxonalarida fakultet kafedralarining filiallari tashkil etilgan bo‘lib, ta’lim jarayonidagi nazariy bilimlarni to‘liq amaliyоtda mustahkamlanishiga yordam beradi.
Fakultetning xorijiy hamkorligi: Tomsk davlat texnika universiteti, Tomsk davlat universiteti, Novisibirsk davlat texnika universiteti, Osh davlat universiteti, Osh davlat texnologiyalar universiteti, Qozoq milliy agrar universiteti, Kazan Federal universiteti.
FAKULTET KAFEDRALARI
BAKALAVRIAT TA'LIM YO'NALISHLARI
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI
FAKULTETDA DEKAN LAVOZIMIDA QUYIDAGI OLIMLAR ISHLAGAN
2023-yildan t.f.(PhD). Mirzaqulov Gʻulomqodir Raxmatulloyevich dekan lavozimida ishlab kelmoqda.
O‘tgan davr mobaynida fakultetni 3000 nafardan ortiq mutaxassis tamomlab, hozirgi kunda ular Respublikamizdagi “Farg‘onaazot” AJ, “FNQIZ”, “Farg‘ona yog‘-moy”, “Farg‘onadon”, “Qo‘qon superfosfat”, “Qo‘qon spirt”, “Qo‘qon yog‘-moy”, “Quvasoy sement” kabi yirik korxonalarda va tashkilotlarda yuqori lavozimlarda ishlab kelmoqdalar.
Fakultetda kafedralarida jami 107 nafar professor-o‘qituvchilar, jumladan 3 nafar professor, 6 nafar fan doktori, 17 nafar dotsent, 84 nafar o‘qituvchilar va 11 nafar doktorantlar faoliyat olib boradilar. Ularning tashabbusi bilan 10 marotaba respublika va 1 marotaba xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi.
O‘tgan davr ichida fakultetning ko‘plab iqtidorli talabalari a‘lo o‘qishlari va namunali hulqi, jamoat ishlaridagi faol ishtiroklari uchun davlatimizning nomdor stipendiyalariga sazovor bo‘lganlar. Jumladan:
O‘tgan davr mobaynida fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini lavozimida A.Matkarimov, A.Sobirov, A.Rahimov, A.Shayev, R.Anorov, O.Rahmonov, N.Abdug‘anievlar samarali mehnat qilganlar. Bugungi kunda G‘.Mirzaqulov, A.Aminjonov va Z.Kamolovlar o‘quv faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar.
O‘tgan davr mobaynida fakultetning o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini lavozimida A.Matkarimov, A.Xasanov, A.Sobirov, A.Rahimov, N.Abdug‘aniyev, R.Anorov, A.Shaev, O.Rahmonov, F.To‘xtashevlar samarali mehnat qilganlar. Bugungi kunda A.Aminjonov, Z.Kamolov va O.Odilov o‘quv faoliyatini hamda D.Shodiyev ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar.
Fakultetdagi mavjud o‘quv-me’yoriy hujjatlarni namunali tashkil etish va rasmiylashtirish, o‘quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni va axborot-kommunikatsiya vositalarini joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar tashkillangan va amalga oshirib borilmoqda. Yosh avlod tarbiyasida ta’lim muassasasi bilan ota-onalar hamkorligi g‘oyat muhim o‘rin tutishini inobatga olgan holda, ota-onalar bilan muloqot o‘rnatilib, talabalarning davomati va o‘zlashtirishlarini yaxshilash bo‘yicha doimiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini lavozimida E.Qurbonov, S.S.Sobirov, B.Usmonov, A.Bozorov, X.Asqarov, U.Ergashevlar faoliyat ko‘rsatganlar. Bugungi kunda bu lavozimda faoliyat yuritayotgan R.Madumarov fakultet talabalarining ma’naviy ongini shakllantirish, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni tashkillash maqsadida ta’lim-tarbiya jarayonining sifat ko‘rsatkichlarini oshirishga katta e’tibor qaratishgan.